top of page

NIMA UCHUN POLSHADA

TA’LIM?

Ingliz tilida ta'lim;

Yevropa Ittifoqining a'zosi bo'lgan Polsha so'ngi yillarda o'zining ta'limiga kiritgan sarmoyalari va sifatili ozgartirishlari tufayli, hozirgi , zamon talabiga javob beradigan  ta'limga ega va har yili minglab chet ellik talabalar tomonidan ma'qullanib kelinmoqda. Polsha universitetlari  turli hil sohalarda ingliz tilida chuqur va sifatli  ta'lim olish imkoniyatini beradi, shuningdek, ishga joylashish kafolatlarini ham taklif etadi.

 

Ham o'qish ham ishlash imkoni;

Sizning xohishingizga ko'ra, universitetni tugatgandan so'ng, siz Polshada yashab, yaxshi tashkil etilgan halqaro kompaniyalar markazlarida ishlashingiz mumkin. Polsha davlatida tahsil olayotgan chet ellik talabalar doimiy ishlash huquqini olish imkoniyatiga ega bo'ladilar va ularning diplomlari Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida amal qiladi. Agar xohlasangiz, o'zingizning kasbingizni Polshada yoki boshqa Yevropa mamlakatlarida davom ettirishingiz mumkin. Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, Polshada yashash xarajatlari boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qaraganda ancha arzon.

 

Stipendiya olish imkoni;

Polsha universitetlarida bakalavr va magistraturada o'qish uchun avval siz xalqaro darajada tasdiqlangan til sertifikatiga ega bo'lishingiz kerak. Shu bilan birga, bakalavr ta'limi uchun o'rta maktab diplomi va transkripti bo'lishi kerak va magistr darajasiga ega bo'lish uchun o'rta maktab diplomi kerak. Shuningdek, siz ba'zi universitetlarda  200-500 yevrogacha stipendiya olish imkoniyatiga egasiz

Yillik o'qish to'lovlari ko'plab Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha arzon.

 

Yashash sharoitlarining qulayligi;

Polshadagi hayot boshqa Yevropa mamlakatlariga qaraganda talabalar uchun ko'proq mos keladi. Turar joy ehtiyojlarini qondirish uchun siz yotoqxonani yoki iijarada yashashni tanlashingiz mumkin. Yotoqxonada to'lovlar 100-180 yevro atrofida. Uyni ijaraga olish shahar, mintaqa va uyning xususiyatlariga qarab farq qiladi. Talabalar odatda umumiy kvartiralarni afzal ko'rishadi, odatda 3 kishiga moljallangan standart uyning o'rtacha ijarasi 350 dan 600 yevrogacha. Yotoqxonada bo'lgan talabaning oylik yashash xarajatlari 300-500 yevro atrofida.

 

Talab qilingan hujjatlar ro'yxati;

  1. Dasturni amalga oshirish uchun mos bo'lgan o'rta maktab yoki litsey diplomi (ingliz tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan)

  2. Pasport Evropa formatidagi rezyumelar.

  3. Ma'lumotnoma (motivasion hat).

  4. Til sertifikati.

  5. Fotosurat.

 

Bizning xizmatlarimiz; 

  1. Talabalarni talabalikga qabulini ko'rib chiqish jarayonini boshqarish.

  2. Ma'lumotnomalarni tayyorlash.

  3. Stipendiya olish uchun hujjatlarni tayorlash.

  4. Viza olishda yordam berish.

  5. Polshada kutib olish va yotoqhonalarga joylashtirish bo'yicha yordam.

  6. Talaba shaxsini olishga ko'maklashish.

  7. To'liq ro'yxatga olish va sug'urtalash bo'yicha yordam berish.

bottom of page