top of page

MALAKALI TA’LIM MASLAHATCHISI

Turkiya va Yevropaning yetakchi ta’lim maslahatchilarining jamoamizga qo’shilishi munosabati bilan Turkiya va Yevropa oliygohlarida ta’lim olish istagida bo’lgan xorijliklarga ta’lim maslahati sohasida ham xizmat berishni boshladik. Turkiya va Yevropa universitetlari...

BIZ KIMMIZ VA NIMALAR BILAN SHUG’ILLANAMIZ?

Modum Education 2013 yildan beri shartsiz mijoz mamnuniyati printsiplariga asosan yo’lga chiqib minglab xorijliklarga Turkiyada muddatli yashash va ishlash huquqi ruhsatnomalarini olish borasida xizmat berib kelmoqda.

 

2017-2018 o’quv yilida Turkiyaning va Yevropaning yetakchi ta’lim maslahatchilarining jamoamizga qo’shilishi munosabati bilan Turkiya va Yevropa oliygohlarida ta’lim olish istagida bo’lgan xorijliklarga ta’lim maslahati sohasida ham xizmat berishni boshladik.

Bugungi kunga qadar minglab chet ellik fuqarolarning hayotiga o’z ijobiy ta’sirimizni ko’rsata oldik, ularning Turkiyada va Yevropaning turli davlatlarida qonuniy tarzda hayotlarini davom ettirishlariga sabab bo’ldik. Ta’lim konsultatsiyasi borasida ham bizga ishonch bildirishingizga va tajribalarimizdan foydalanishingizga ishonamiz. Chunki biz ta’lim maslahatchisining ishi faqat oliygoh qabuli bilangina cheklanadi deb hisoblamaymiz.

Bizni boshqalardan ajratib turgan jihatimiz ham bu.

Modum Education Turkiyada va Yevropada ta’lim olish istagidagi chet ellik talabalarga har tamonlama mutaxasis rahbarligidagi xizmatlarini taklif qiladi.

Modum Education ta’lim maslahati sohasidagi faoliyati faqat universitet va bo’lim tanlovi bilangina chegaralanib qolmasdan, talabalik vizasini olish, sayohat rejasini tuzish, kutib olish va turar joy masalalari hal qilish bilan shug’illanishni  ham o’z ichiga oladi. Cheksiz tanlovlar orasida qolib ketmay orzu va maqsadlaringizga hamda  budjetingizga mos tanlovlar qilishingizga imkoniyat yaratib beramiz. Siz ham kelajagingizni qurish yo’lidagi bu qadamingizni Modum Education dastaklari yordamida olg’a tashlang.

bottom of page