top of page

HAMKORLIGIMIZ DAVOMI…

Ishonchli ta’lim bo’yicha maslahatchi qidirayotgan bo’lsangiz to’g’ri manzildasiz.

Modum Education uzun zamonlardan beri Turkiyada xorijliklarga yashash ruhsatnomasi olish, talaba vizasi ishlari bilan shug’ullanish  va h.k. borasida ko'mak berib kelmoqda. Garchi ta'lim bo'yicha maslahat xizmati eng yosh sektorlarimizdan biri bo’lsa ham, biz o'zimizga va bu sharafli burchni mukammal bajarayotganimizga ishonamiz. Doimo mijoz mamnuniyati prinsiplariga asosan yo’lga chiqib amalga oshirgan ishlarimiz bilan yuzlab insonlarning hayotiga ijobiy ta’sir ko’rsata oldik, ularning Turkiya va Evropada qonuniy tarzda yashashlariga yordam berdik.

Ularning tavsiyanomalari orqali biz bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

Hamkorligimiz davomi;

Talabalik yashash ruhsatnomasi olinishida yoningizdamiz,

Chet elda talabalik vizasi orqali kelib ro'yxatdan o’tish jarayoni yakunlangandan so’ng, yashash ruhsatnomasi olish uchun ovora bo’lishingizga yoki boshqa maslahat markazi qidirishingizga hojat yo’q. Biz bu ishlarni ham sizning nomingizdan amalga oshira olamiz. Qisqa muddatli yashash huquqi ruhsatnomasi bizning mutaxassisligimizdir va biz bu jarayonda oxirigacha yo'l ko’rsata olamiz. Bu ishlamning  muaffaqiyatsiz xulosalanishi ta'lim hayotingizga yakun yasashi ham mumkin. Shu sababli, talabalik yashash huquqi ruhsatnomasi Modum Education sifatida biz uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan masalalardan biridir.

Oilangiz tahsil zamonida sizi ko’rishga kelishlari mumkin,

Turkiyadagi ta’limingiz davomida bu sayyohlik mamlakatni ziyorat qilish istagida bo'lgan yaqinlaringiz albatta topiladi. Viza yoki vizani bekor qilish muddatidan ko'proq qolishni istagan yaqinlaringizga yashash huquqi ruhsatnomasi olishda yordam beramiz. Siz yaqinlaringiz diydoridan, ular esa o’z sayohatidan zavq olarkan, bu og’ir ishlamlar jarayonini sizning nomingizdan biz amalga oshiramiz.

Mehnat ruhsatnomasiga ehtiyojingiz bo’lishi mumkin,

Talabalik davringizda yarim stavkali ishlarda yoki tahsilingiz tugagandan so’ng Turkiyada qolib ishlash niyatingiz bo’lsa sizning mehnat ruhsatnomasi olishingiz kerak bo’ladi. Bu borada izlanishga kirishishingizga hojat yo’q Modum Education sizning mehnat ruhsatnoma ishlamlaringizni qonunlarga muvofiq tarzda amalga oshiradi.

5 hil tilda muloqot qila oluvchi jamoamiz bor,

Sizni yaxshiroq tushunib yetish va qo'llab-quvvatlash maqsadida jamoamiz 5 hil tilda gaplasha oladigan va yozisha oladigan konsultantlarimizni o’z ichiga oladi. Xohish-istaklaringiz va tilaklaringizni siz uchun qulay bo’lgan tilda ifodalay olishingiz mumkin. O’z sohasining ustasi bo’lgan mutaxassislarimiz sizlarni osonlikcha anglay oladilar va sizlarga yo’l-yo’riq ko’rsatadilar. Tahsilingiz davomida bizga har doim qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Modum Education bu yo’lda sizning eng keng qamrovli yo'l xaritangiz bo'lib qoladi. Maqsadga qisqa yo’l orqali erishish uchun bizga qo'ng'iroq qiling.

bottom of page